Suv osti kemasi 1600 kilometrgacha masofaga ucha oladigan Tomahawk qanotli raketalari va Spearfish og‘ir torpedalari bilan qurollangan. U 100 kishiga mo‘ljallangan va uch oygacha dengizda mustaqil ravishda qolishi mumkin. Uning yadroviy reaktori o‘nlab yillar davomida yoqilg‘i quyishni talab qilmaydi.
Suv osti kemasi uzoq vaqt davomida yashirincha ishlashga qodir va uning qurollaridan foydalanish to‘g‘risidagi qarorlar eng yuqori harbiy va siyosiy darajalarda qabul qilinadi. Shu munosabat bilan Buyuk Britaniya allaqachon AQShga mintaqadagi operatsiyalar uchun o‘z bazalaridan foydalanishga ruxsat bergan.