Buyuk Britaniyaning Oʻzbekistondagi elchisi bilan uchrashuv oʻtkazildi

    Moliya 1 Iyun 2023 802

    Markaziy bankda Buyuk Britaniyaning Oʻzbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Tim Torlou bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

    Uchrashuvda Oʻzbekiston va Buyuk Britaniya oʻrtasida moliya sohasida, xususan, bank ishi va raqamli moliyaviy texnologiyalar sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash va kengaytirishning dolzarb masalalari muhokama etildi.

    Uchrashuv doirasida mehmonlarga mamlakatdagi joriy makroiqtisodiy holat, bank tizimini raqamlashtirish va ilgʻor toʻlov tizimlari haqida batafsil maʼlumot berildi.

    Muloqot yakunida tomonlar muhokama etilgan masalalar boʻyicha hamkorlikni kengaytirishdan manfaatdor ekanliklarini bildirdilar, deb xabar beradi Markaziy bank matbuot xizmati.