Uchrashuv stipendiatlar bilan doimiy muloqot o'rnatish, ularning o'qishlari, yashash sharoitlari bilan yaqindan tanishish, kelajak rejalari bilan o'rtoqlashish maqsadida tashkil etildi. Qolaversa, xorijda tahsil olayotgan vatandoshlarimiz o'rtasida do'stona aloqalarni yo'lga qo'yish ham maqsad qilindi.

Shuningdek, kelgusida ularni davlat fuqarolik xizmatidagi mas'uliyatli vazifalarga jalb etish maqsadida O'zbekistondagi islohotlar, sohadagi barcha o'zgarishlardan xabardor qilib borish ham maqsad qilindi.

Ushbu uchrashuv Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi va Jamg'arma rahbariyati ishtirok etgan onlayn muloqotda stipendiatlar tomonidan taklif etilgandi.

Uchrashuvda stipendiatlar ona vatanidan olib borilgan noz-ne'matlardan tatib ko'rishdi, dasturxonga tortilgan milliy taom esa ularga ona vatani bilan aziz ekanligini yana bir bor eslatdi.

Ma'lumot o'rnida, bu kabi muloqotlar O'zbekistonning boshqa diplomatik vakolatxonalarida ham tashkil etilmoqda, deb xabar bermoqda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi axborot xizmati.