Ushbu rejaga muvofiq kimki mamlakat hududini noqonuniy buzib kiradigan boʻlsa, unga boshpana berishda cheklovlar boʻladi. Shuningdek, kimki muhojirlarning mamlakat hududiga nolegal kirib kelishiga yordam bersa, u umrbod qamoq jazosiga tortiladi.
Mamlakat ichki ishlar vaziri Priti Patelning fikricha, yangi tizim adolatli boʻladi va jinoyatchilikka qarshi kurashda yordam beradi.
Ammo inson huquqlari himoyachilari va muxolifatchilar hukumat rejasini tanqid qilishdi. Ularning aytishicha, bu reja qochoqlar huquqlarini kamsitishdir.
Soʻnggi bir yilda 35 ming kishi Buyuk Britaniyadan boshpana soʻragan. Ularning koʻpchiligi Eron, Albaniya va Iroq fuqarolaridir.