“Buyuk ipak yoʻli“ metro bekatida tirbandlik yuzaga keldi

    Shu yilning 10-fevral kuni ijtimoiy tarmoqlarda “Buyuk ipak yoʻli“ metro bekatida katta tirbandlik yuzaga kelgani boʻyicha xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan “Toshkent metropoliteni“ DUK munosabat bildirdi.

    “Toshkent metropoliteni“ DUKning maʼlum qilishicha, “Buyuk ipak yoʻli“ metro bekati aylanma yoʻli orqali yoʻnalishga chiqishi lozim boʻlgan 5-sonli harakat tarkibida texnik nosozlik holati kuzatilgan.

    Belgilangan yoʻriqnomaga asosan, yoʻlovchilar va harakat xavfsizligini taʼminlash maqsadida tekshiruv yoʻlagiga olinib, keyingi harakat tarkibi orqali yoʻlovchilar manzillariga yetkazildi. Buning natijasida, yoʻnalishdagi vaqt intervali 6 daqiqaga uzaydi.

    Hozirgi vaqtda bekatdagi tirbandlik bartaraf etilgan va yoʻnalishdagi poyezdlar belgilangan jadval asosida harakatlanmoqda.