Bugun kitob mutolaasiga qaratilayotgan ulkan e'tibor xalqning tarixi, kelajagiga qaratilgan e'tibordir, zero inson kitob o'qish orqali o'zligini anglaydi, milliy g'urur tuyg'usi shakllanadi va unda bugungi globallashuv sharoitida turli zararli axborot oqimining ta'siriga qarshi immunitet shakllanadi.
Shuni hisobga olgan holda Bojxona institutida “Kitobxonlik – buyuk kelajak kafolati” mavzusida ma'naviyat soati bo'lib o'tdi.
Mazkur mavzudagi o'z ma'ruzasi bilan kursantlarga ma'naviy ozuqa ulashish uchun mashg'ulotga “O'zbekiston adabiyoti va san'ati” gazetasi bosh muharriri, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan jurnalist Salim Ashur taklif etildi.
Jurnalist kitobxonlikning inson hayotidagi o'rni, uning ma'naviyatiga kuchli ta'siri yuzasidan o'z mulohazalarini aytar ekan, bo'lajak bojxonachilarda mutolaaga bo'lgan ishtiyoq yana bir karra ortdi, deyish mumkin. O'ylaymizki, intstutda bu kabi uchrashuvlar davomli bo'lib, ertamiz egalarini ma'nan yuksaltirishga xizmat qiladi.
Munojat Mo'minova