Xususan, Oʻzbekistonning Ukrainadagi elchixonasi tomonidan “Ukraina tashabbusi” nodavlat tashkiloti bilan hamkorlikda buyuk ajdodimiz tavalludining 581-yilligi munosabati bilan maxsus yil taqvimi tayyorlandi.

Taqvimda Navoiyning “Ikki doʻst haqida hikoya" rivoyati oʻzbek va ukrain tillarida joy olgan boʻlib, bu bilan xorij ommasini ulugʻ oʻzbek shoiri va mutafakkirining beqiyos asarlarining namunasi bilan tanishtirish imkoniyati yaratildi.

Mazkur taqvim Ukrainadagi Navoiy ijodi bilan qiziquvchilar va shoir asarlarining ixlosmandlari orasida tarqatildi.