Buyuk sohibqiron Amir Temurning hayoti va faoliyati haqida o'zbek tilida bitilgan eng eski qo'lyozma aniqlandi

    Dolzarb 9 Oktabr 2022 2732

    Kitobning xotimasida qo'lyozma hijriy 1027 yil rajab oyi sanasi qayd etilgan.

    Bu 1618 yilning iyun`-iyul` oylariga to'g'ri keladi. Hozircha qo'lyozma kimning qalamiga mansub ekani, kim tomonidan, qaerda ko'chirilgani ma'lum emas.

    Dushanbedan topilgan bu noyob qo'lyozmaning nusxasini O'zbekistonga keltirib, taniqli tarixchi va manbashunos olimlarimiz yordamida chuqur tadqiq etish rejalashtirilgan.