Beshinchi marta oʻtkazilayotgan ushbu koʻrgazma Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, buyuk musavvir Kamoliddin Behzodga bagʻishlangan boʻlib, unda Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti yosh oʻqituvchilar, talabalari, bitiruvchilarining ijod namunalari tomoshabinlar eʼtiboriga havola etilgan.

Ekspozitsiyada ijodkorlarning “Navroʻz”, “Alisher Navoiy va Kamoliddin Behzod”, “Paxta yigʻim-terimi”, “Mening oilam”, Sharafiddin Ali Yazdiyning “Zafarnoma” asariga ishlangan miniatyura, “Zahiriddin Muhammad Bobur” va boshqa qator ijodiy ishlarga keng oʻrin berilgan.

Koʻrgazma joriy yilning 12-martigacha davom etadi.

Hasan Abdunazarov