Korrupsiyaga qarshi “komplayens-nazorat” tizimi joriy etilishi orqali erishilgan natijalar:
Davlat soliq huzuridagi Kadastr agentligi tizimdagi xodimlar attestatsiyadan oʻtkazilib, korrupsiyaga moyilligi boʻlgan 28% (1476 nafar) xodim bilan mehnat shartnomalari tugatilgan.
Sogʻliqni saqlash vazirligida 16 mlrd coʻm moliyyaviy xato va kamchiliklar aniqlandi. 22 mlrd soʻm byudjet mablagʻlarining maqsadsiz sarflanishining oldi olindi.
Xalq taʼlimi tizimida byudjet mablagʻlarini noqonuniy sarflash yoki talon-toroj qilish, noqonuniy ish xaqlarini toʻlanishi yuzasidan 214 nafar mansabdor shaxsga nisbatan intizomiy jazo choralari qoʻllanildi, 34 nafar masʼul mansabdor egallab turgan lavozimidan ozod etilgan. Shuningdek, aniqlangan holatlar boʻyicha koʻrsatib oʻtilgan vaqt ichida jami 78 mlrd soʻm moliyaviy xato va kamchiliklar hamda noqonuniy oʻzlashtirishlar aniqlanib, qonuniy chora koʻrish uchun xuquq-tartibot idoralariga yuborildi.
“Oʻzkimyosanoat” AJda tovar moddiy boyliklarini sotib olish jarayonida “inson omili”ni cheklash va korrupsiyani oldini olish maqsadida toʻgʻridan-toʻgʻri sotib olish amaliyotiga chek quyilib, tizim korxonalari tomonidan 2020-yil davomida jami 53,4 mlrd. soʻm xarajatlar iqtisod qilinilishiga erishildi.