Bugun “CAFA Nations Cup 2023” xalqaro turniriga qurʼa tashlandi. Marosim Toshkent vaqti bilan soat 14:00 da Dushanbe shahrida boʻlib oʻtdi.
Unda 7ta terma jamoa ishtirok etdi (Ummon terma jamoasi mehmon jamoa sifatida taklif etilgan).
Jamoalar FIFA reytingi asosida 4ta savatchaga ajratildi. Oʻzbekiston milliy terma jamoasi 1-savatchadan oʻrin oldi.
“CAFA Nations Cup 2023” xalqaro turniriga qurʼa natijalari quyidagicha:
Guruhlar:
“A” guruhi
Oʻzbekiston
Tojikiston
Turkmaniston
Ummon
“B” guruhi
Qirgʻiz R.
Eron
Afgʻoniston
Bahslar joriy yilning 10-17-iyunga qadar Toshkent va Bishkek shahrlarida boʻlib oʻtadi