Maʼlumki, joriy yilning 10-20-iyun kunlari Oʻzbekiston va Qirgʻizistonda ilk marta “CAFA Nationʻs Cup” turniri boʻlib oʻtadi.
Milliy terma jamoamiz bosh murabbiyi Srechko Katanes turnirga 27 nafar futbolchini taklif etdi. Quyida Oʻzbekiston milliy jamoasining toʻliq tarkibi bilan tanishing:
Darvozabonlar: Abduvohid Neʼmatov (“Nasaf”), Botirali Ergashev (AGMK), Oʻtkir Yusupov (“Navbahor”).
Himoyachilar: Ibrohimxalil Yoʻldoshev (“Nijniy Novgorod”), Farrux Fayziyev (“Paxtakor”), Abduqodir Husanov (“Energetik” BGU), Hojiakbar Alijonov (“Paxtakor”), Alibek Davronov (“Nasaf”), Umarbek Eshmurodov (“Nasaf”), Abdulla Abdullayev (AGMK), Sherzod Nasrullayev (“Nasaf”), Dilshod Saidov (“Paxtakor”).
Yarim himoyachilar: Odiljon Hamrobekov (“Paxtakor”), Abbosbek Fayzullayev (“Paxtakor”), Otabek Shukurov (“Fotih Karagyumruk”), Aziz Turgʻunboyev (“Paxtakor”), Oston Oʻrinov (“Navbahor”), Akmal Mozgovoy (“Nasaf”), Jamshid Iskandarov (“Navbahor”), Jaloliddin Masharipov (“An-Nasr”), Sardor Sobirxoʻjayev (“Paxtakor”), Jamshid Boltaboyev (“Navbahor”), Hojimat Erkinov (“Torpedo”).
Hujumchilar: Jasur Yaxshiboyev (“Navbahor”), Eldor Shomurodov (“Spetsiya”), Bobur Abduxoliqov (“Ordoboshi”), Igor Sergeyev (“Tobol”).
Terma jamoamiz turnirdagi dastlabki uchrashuvni 11-iyun kuni Ummonga qarshi oʻtkazadi. Tojikiston va Turkmaniston ham A guruhidan joy olgan. V guruhidagi Qirgʻiziston, Eron va Afgʻoniston oʻz oʻyinlarini Bishkekda oʻtkazadi.