Salkam yarim kilogramm tilla taqinchoqlarning noqonuniy aylanmasiga chek qoʻyildi

    Voqea-hodisalar 30 May 2025 555

    Navoiy viloyati bojxona boshqarmasi tezkor tuzilmalari tomonidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti bilan hamkorlikda tezkor tadbir oʻtkazildi.

    Oʻtkazilgan tezkor tadbirda oldindan shubha ostiga olingan shaxs tegishli ruxsatnomasiz (litsenziyasiz) bir juft tilla zirakni 3,8 mln soʻmga sotayotgan vaqtida toʻxtatib qolindi.

    Shundan soʻng tezkor tadbir davom ettirilib, mazkur fuqaroga tegishli qoʻl yuklari xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganida, tegishli hujjatlarga ega boʻlmagan 456,32 gramm ogʻirlikdagi zargarlik buyumlari borligi aniqlandi.

    Hozirda qiymati salkam 460 mln soʻmlik mazkur zargarlik buyumlari vaqtincha saqlovga olingan boʻlib, holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.