O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 19 martdagi “Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta'sirini yumshatish bo'yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to'g'risida”gi PF-5969-son Farmoni hamda DBQning 2020 yil 20 martdagi 50-sonli buyrug'i ijrosini ta'minlash maqsadida, yuklarni chegara bojxona postlari orqali tezkorlik bilan o'tkazish, ularning uzluksiz bojxona rasmiylashtiruvini, shuningdek eksport va import qilinayotgan tovarlarga ruxsat beruvchi hujjatlarning berilishini tezlashtirish bo'yicha Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasida joriy yil 23 martdan boshlab “Call center” tashkil etilgan edi.
Bugungi kunda ushbu “Call-center”ga biriktirilgan mas'ul bojxona xodimlari tomonidan 24 soat davomida yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatlari qabul qilib olinmoqda.
Joriy yil 1 iyun` xolatiga “Call-center” orqali jami 100 ta, shundan chegara yo'nalishi bo'yicha 65 ta va TIF yo'nalishi bo'yicha 35 ta murojaatlar kelib tushgan bo'lib, ularning barchasiga sertifikatlarni olish, bojxona to'lovlarini to'lash, eksportga taqdim etiladigan hujjatlar ro'yxati, qishloq xo'jaligi mahsulotlarining bazaviy narxlari, bojxona chegarasi orqali import yuklarni olib kirish va xozirgi kunda chet elda qolib ketgan fuqarolar tomonidan qaysi chegara bojxona postlari orqali kirish yuzasidan qisqa fursatlarda zarur maslahatlar berilib, tegishli tashkilotlardan olinadigan va bojxona rasmiylashtiruvi uchun taqdim etiladigan sertifikatlarni olishda tezkorlik bilan amaliy yordamlar ko'rsatildi.
Ta'kidlash lozimki, kelib tushgan murojaatlarning aksariyatiga mutaxassislar tomonidan qisqa fursatlarda zarur maslahatlar berilib, turli xil tashkilotlardan olinadigan va bojxona rasmiylashtiruvi uchun taqdim etiladigan sertifikatlarni olishda doyimiy amaliy yordam ko'rsatilmoqda.
Bojxona sohasi bilan bog'liq xar qanday murojaatlar yuzasidan boshqarmada tashkil etilgan “Call-center”ning (67) 225-48-48 raqamiga qo'ng'iroq qilishlaringiz mumkinligini yana bir bor eslatib o'tamiz.
Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi









