O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 19 martdagi “Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta'sirini yumshatish bo'yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to'g'risida”gi PF-5969-son Farmoni hamda DBQning 2020 yil 20 martdagi 50-sonli buyrug'i ijrosini ta'minlash maqsadida, yuklarni chegara bojxona postlari orqali tezkorlik bilan o'tkazish, ularning uzluksiz bojxona rasmiylashtiruvini, shuningdek eksport va import qilinayotgan tovarlarga ruxsat beruvchi hujjatlarning berilishini tezlashtirish  bo'yicha  Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasida joriy yil 23 martdan boshlab “Call center” tashkil etilgan edi.

 Bugungi kunda ushbu “Call-center”ga biriktirilgan mas'ul bojxona xodimlari  tomonidan  24  soat  davomida yuridik va jismoniy shaxslarning  murojaatlari qabul qilib olinmoqda.

Joriy yil 1 iyun` xolatiga “Call-center” orqali jami 100 ta, shundan chegara  yo'nalishi  bo'yicha  65 ta va TIF yo'nalishi bo'yicha 35 ta murojaatlar kelib tushgan bo'lib, ularning barchasiga sertifikatlarni olish, bojxona to'lovlarini to'lash, eksportga taqdim etiladigan hujjatlar ro'yxati, qishloq xo'jaligi mahsulotlarining bazaviy narxlari, bojxona chegarasi orqali import yuklarni olib kirish va xozirgi kunda chet elda qolib ketgan fuqarolar tomonidan qaysi chegara bojxona postlari orqali kirish yuzasidan qisqa  fursatlarda zarur maslahatlar berilib, tegishli tashkilotlardan olinadigan va bojxona rasmiylashtiruvi uchun taqdim etiladigan  sertifikatlarni olishda tezkorlik bilan amaliy yordamlar ko'rsatildi.

 Ta'kidlash lozimki, kelib tushgan murojaatlarning aksariyatiga mutaxassislar  tomonidan  qisqa  fursatlarda  zarur maslahatlar berilib, turli xil tashkilotlardan olinadigan va bojxona rasmiylashtiruvi uchun taqdim etiladigan sertifikatlarni olishda doyimiy amaliy yordam ko'rsatilmoqda.

 Bojxona sohasi bilan bog'liq xar qanday murojaatlar yuzasidan boshqarmada tashkil etilgan “Call-center”ning (67) 225-48-48 raqamiga qo'ng'iroq qilishlaringiz mumkinligini  yana  bir  bor  eslatib  o'tamiz.

 

 

                                                  Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi