CALL-MARKAZ – soliq to'lovchilar uchun yangi qulaylik

    CALL-MARKAZning 1198 qisqa raqamiga hamda (71) 202-32-82 telefon raqamiga 24 soat mobaynida qo'ng'iroq qilish orqali amaliy yordam va maslahatlar  olish mumkin

    Davlat soliq qo'mitasi huzuridagi “Soliq-servis” davlat unitar korxonasi tomonidan ko'rsatilayotgan xizmatlarning sifati va turini kengaytirish, soliq to'lovchilarga soliq majburiyatlarini bajarishda texnik jihatdan ko'maklashish hamda amaldagi boshqaruv tizimi va ish uslubini takomillashtirish maqsadida tunu kun ishlaydigan Davlat soliq xizmatining yagona axborot-maslahat markazi – CALL-MARKAZ tashkil etildi.

    Markaz bundan buyon yuridik va jismoniy shaxslarga soliq qonunchiligi va soliq ma'muriyatchiligidagi o'zgarishlar bo'yicha uzluksiz va tezkor axborot maslahat xizmatlarini ko'rsatishni, shuningdek, barcha turdagi soliq va yig'imlar to'g'risida ma'lumot berish, soliqlarni hisoblash, hisobotlarni tuzish, to'ldirish va yuborish bo'yicha amaliy yordam ko'rsatish, Davlat soliq qo'mitasi tizimidagi barcha turdagi onlayn va interaktiv xizmatlar bo'yicha tushuntirishlar berish, foydalanishni o'rgatish va uslubiy yordam ko'rsatish kabi maqsad va vazifalarni bajaradi.

    Endilikda soliq to'lovchilar barcha turdagi soliq va yig'imlarga hamda soliqlarni hisoblash, hisobotlarni tuzish, to'ldirish va yuborishga doir masalalar bo'yicha yagona axborot-maslahat CALL-MARKAZning 1198 qisqa raqamiga hamda (71) 202-32-82 telefon raqamiga 24 soat mobaynida qo'ng'iroq qilish orqali amaliy yordam va maslahatlar olishi mumkin.