Viloyat IIB JXX YHHB axborot xizmatining xabar berishicha, hodisa shu yilning 10- noyabr kuni soat 05:00lar atrofida Payariq tumani hududidan oʻtuvchi 4R-49 avtomobil yoʻlining 12.km.da sodir boʻlgan.
Maʼlumotlarga koʻra, ushbu yoʻnalishda harakatlanib ketayotgan “Gentra” rusumli transport vositasi haydovchisi tezlikni meʼyoridan oshirib, roʻl boshqaruvini yoʻqotishi oqibatida yoʻlning oʻng tomonidagi beton toʻsiqqa urilib, YTH sodir etgan.
Hozirda holat yuzasidan Payariq tumani IIB JXX YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.