Samarqand shahar Xalq taʼlimi boʻlimi hamda “Cambridge Assessment English”ning Oʻzbekistondagi Imtihonlar markazi Innovative Centre bilan hamkorlik memorandumi imzolandi.
“Cambridge Assessment English” dunyodagi eng nufuzli taʼlim maskanlaridan biri Cambrige universitetining bir qismi hisoblanadi. U Oʻzbekistonda qator tashkilotlar hamda taʼlim muassassalari bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻygan. Butun dunyo boʻyicha har yili 5,5 million nafardan ortiq insonlar mazkur tashkilot tomonidan yaratilgan IELTS va CEFR imtihonlarini topshiradi. Innovative Centre Samarqandda bevosita faoliyat yuritib, talabalarga ingliz tilidan dars beradi. Oʻqituvchilarga esa ingliz tilida xalqaro standartlarga asosan dars berishda metodik yordam koʻrsatadi.
Cambridge Assessment mazkur memorandum doirasida shahar Xalq taʼlimi boʻlimi Cambridge universitetda chop etilgan metodik qoʻlllanmalar bilan taʼminlanadi hamda tasarrufidagi maktab oʻqituvchilari “Cambridge Assessment English” tomonidan tashkil etiladigan vebinar, konferensiya hamda masterklasslarda ishtirok etish imkoniyatiga ega boʻladi. Eng muhimi, Xalq taʼlimi boʻlimi tasarrufidagi maktab oʻqituvchilari Xalqaro Cambridge CEFR imtihonalarini imtiyozli narxlarda topshirish imkoniyatiga ega boʻladi.
CEFR imtihoni Cambridge Assessment tomonidan kompyuter hamda qogʻozda tashkil etilgan maxsus platforma orqali 4 bosqichda, xususan Listening, Reading and Use of English, Writing, Speaking topshiriladi.