Carnegie Europening asosiy faoliyati global va mintaqaviy muammolar, Yevropa tashqi siyosati, Yevropaning qo'shni mamlakatlar bilan munosabatlarni o'rnatish, iqlim o'zgarishi va ekologik o'zgarishlar, shuningdek ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy xarakterdagi boshqa masalalar bo'yicha tadqiqotlar olib borishdir.

Lisa Kurukulasuriya xonimning so'zlariga ko'ra, Carnegie Europening faoliyatini baholash internet kanallari abonentlari va mijozlarining turli yo'nalishlarda o'tkazilgan tadqiqotlari bo'yicha fikr-mulohazalariga asoslanadi.

Shu bilan birga, tadqiqot natijalarini etkazish usullari – bu davra suhbatlari, treninglar, seminarlar, professional nashriyot jamoasining sa'y-harakatlari bilan internetdagi nashrlar va ijtimoiy kanallar, “Jude ask” kabi Strategik yangiliklar bloklarida ma'lumotlarni joylashtirish va boshqalardir.

Uchrashuvda “Taraqqiyot strategiyasi” markazi direktori E.Tulyakov Carnegie Europe vakillarini olib borilayotgan tadqiqot yo'nalishlari va “Taraqqiyot strategiyasi” markazining faoliyati ko'lami bilan tanishtirdi.

Uchrashuv chog'ida Carnegie Europe bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Xususan, 2022–2026 yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasini maqsad va vazifalaridan kelib chiqadigan tabiiy-iqlimiy xarakterga ega muammolarini hal etish bo'yicha istiqbolli loyihalarni amalga oshirishga alohida e'tibor qaratildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar iqlim o'zgarishi, suv tanqisligi, atrof-muhit ifloslanishi va toza energiyadan foydalanish kabi sohalarda qo'shma tadqiqotlar o'tkazishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

“Taraqqiyot strategiyasi” markazi

Axborot xizmati