Dastlab, Turkiya kompaniyasiga mamlakatimizdagi charm-poyabzal sanoatiga ixtisoslashtirilgan kichik sanoat zonalari, investorlar uchun yaratilgan sharoit va ajratilayotgan imtiyozlar haqida maʼlumotlar berildi.
Shuningdek, muzokaralar davomida tomonlar investitsiya loyihasini amalga oshirishning amaliy jihatlarini muhokama qildilar. Turk kompaniyasi mamlakatimizda turli modeldagi poyabzallar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan sarmoyaviy loyihani amalga oshirishni maqsad qilgan. Loyihaning dastlabki qiymati 2 million dollarni tashkil etadi. Uskunalarning 70 foizi Turkiyadan keltiriladi. Toshkent viloyatida kimoshdi savdosiga qoʻyilgan charm sanoatiga ixtisoslashtirilgan yer maydonlaridan sotib olib, bino qurish va yangi korxona tashkil etish rejalashtirilgan.
Muzokaralar davomida korxonada poyabzal modellarini ishlab chiqish boʻyicha dizayner va texnolog kadrlarni tayyorlash yoʻnalishida hamkorlikni yoʻlga qoʻyish yuzasidan fikr almashildi. Oʻzbekistonlik mutaxassislar uchun ushbu yoʻnalishda treninglar oʻtkazishga qaror qilindi, deb xabar beradi “Oʻzchrmsanoat” uyushmasi matbuot xizmati.