Maʼlum boʻlishicha, Sirdaryo daryosining Fargʻona viloyati Beshariq tumani Shodiqoziq MFY hududidan oʻtuvchi qismi qirgʻogʻida nomaʼlum shaxslar tomonidan tashlab ketilgan 4 ta polietilen qop aniqlangan.

Xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, ushbu qoplar ichida qoʻshni davlatdan kontrabanda yoʻli bilan olib kirilgan:

  • 48 dona oʻramda 47 kg 113 gr “gashish”,
  • 15 dona oʻramda 7 kg 779 gr “opiy”,
  • shuningdek, 10 710 dona “Lidaza” va 756 dona “Tenoksikam” dori vositalari borligi maʼlum boʻldi.

Barcha ashyoviy dalillar protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.

Holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 246-modda 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.