Toshkent aeroportida yangi Centrum Air aviakompaniyasining ilk samolyotlari kutib olindi

    Transport 19 Yanvar 2023 2082

    18-yanvar kuni mahalliy vaqt bilan 19:07 va 19:18 da yangi milliy aviakompaniya “Centrum Air”ning ikkita samolyoti “Toshkent” xalqaro aeroportiga kelib qoʻndi.

    Vilnyusdan yetib kelgan samolyotlarni aviakompaniya rahbariyati, jurnalistlar va aviaspotterlar tantanali ravishda kutib oldi.

    Ikkita Airbus A320-232 “Centrum Air” kompaniyasining birinchi yoʻlovchi samolyoti boʻldi. Yaqin kelajakda aviatashuvchi yana bir yoʻlovchi borti — Boeing 737 ni sotib olishni rejalashtirmoqda.