Bu haqda Soliq qoʻmitasi xabar berdi.

Ushbu isteʼmolchilar keshbek summalarini bank kartalariga oʻtkazib olishi mumkin.

Kamchiliklar bartaraf etilgani hisobiga bugun yana 2 mlrd soʻmga yaqin keshbek toʻlab beriladi.

Keshbek joriy etilgandan boshlab isteʼmolchilarga toʻlangan keshbek summasi 1,7 trln soʻmdan oshdi.

Tadbirkorlik subyektlari tomonidan  soliq hisobotlari topshirilishi, hisobotlardagi kamchiliklar tuzatilishi, soliq qarzdorligi kamaytirilishi inobatga olinib qolgan keshbek summalari avtomatik tarzda tasdiqlab boriladi.