2020-yil 1-sentyabrda IIB va Milliy gvardiya xodimlari tomonidan hamkorlikda Fargʻona shahrida oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, Fargʻona shahar Sh.Rashidov koʻchasida 24 yoshli ayol farzandining narxini 1 500 dollar miqdorida belgilab, kelishilgan puldan 500 dollarni olayotgan vaqtida ushlangan hamda undan oʻrnatilgan tartibda kimyoviy ishlov berilgan pullar ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.
Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahri boʻyicha IIO FMB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135-moddasi 3-qismi “a” bandi (odam savdosi) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Ona atalmish ushbu fuqaro mazkur jinoyat ishi boʻyicha gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan. Hozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda, deb xabar beradi Oʻzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti.