Chaqaloqni emizish, immunitet va bola salomatligi

    Go'dagini emizib boqadigan ayollar sut bezlariga ko'pgina immun hujayralari aloqador bo'lib, aynan ular xavfli o'smalar paydo bo'lish ehtimolini kamaytiradi.

    Mutaxassislar ta'kidlashicha, chaqalog'ini emizadigan ayollarda sut bezlari xavfli o'smasi kamdan-kam hollarda uchraydi. Agar chaqaloqni emizish jarayoni sabab saraton ehtimoli kamaysa, bunda qanday mexanizm ishlaydi, degan savol tug'iladi. Tibbiyot tili bilan aytganda xavfli hujayralarning oldini olishga immunitet javob berishi kerak. Ya'ni immunitet uning oldini olish lozim. Yanada sodda qilib aytganda, ko'krak bilan emizish immunitet e'tiborini sut bezlari holatiga jalb qilishi kerak.

    Bola tug'ilishidan oldin ona organizmi ko'krak suti paydo qilish uchun qayta moslashishi kerak. Chaqaloqni ko'krak sutidan ajratganda organizm avvalgi holatiga qaytadi. Organizmdagi bunday qayta o'zgarishlar yangi hujayralar paydo bo'lishi va eskilarini yo'q qilish jarayoni bilan birga yuz beradi. Molekulyar-hujayra chiqindisini yo'qotish esa immun hujayralar ishtirok etishini talab etadi. Chunki immunitet bu jarayon imkon qadar xavfsiz ro'y berishiga mas'ul. Bundan tashqari bez hujayralari emizish davomida doim halok bo'lib boradi, ayrim ayollarda esa tug'uriqdan keyingi laktatsiya mastiti – sut bezlari shamollashi ro'y beradi.

    Umuman olganda immunitet haqiqatan organizmning tug'ishdan oldingi qayta moslashishi, o'zgarishidan boshlab emizish davrining oxirigacha sut bezlarini diqqat bilan kuzatib borishi kerak.

    Chaqaloq ona yuragiga yordam beradi

    Ilgari ham ko'p eshitgansiz, o'qigansiz: ko'krak sutining ko'plab foydali xususiyatlari bor. Ko'krak suti bilan boqilgan bolalar yomon ekologiyaga yaxshiroq qarshilik ko'rsatadi, xavfli xastaliklarga kamroq chalinadi, keyinchalik semirib ketish ehtimoli kamroq bo'ladi. Bu holat qolaversa onalarning o'zi uchun yaxshi jihatlari oz emas. Jumladan, Oksford universiteti tadqiqotchilari Xitoy tibbiyot fanlari akademiyasidagi hamkasblari bilan birga Journal of the American Heart Association nashrida yozishicha, chaqaloqni emizish ayolni yurak xastaligidan ma'lum darajada himoya qiladi, deb yozadi nkj.ru.