Tayyor charm, poyabzal, moʻyna, qorakoʻl va mahalliylashtirilgan mahsulotlardan tashkil topgan ekspozitsiya Rossiya, Qozogʻiston, Belarus kabi davlatlar kompaniyalarida katta qiziqish uygʻotdi.

Uch kunlik koʻrgazma doirasida “Oʻzcharmsanoat” uyushmasi rahbariyati va mahalliy korxonalarimiz qator muzokaralarni oʻtkazdi. Xususan, Rossiyaning “Texnomet” kompaniyasi mamlakatimizdan erkaklar, bolalar va ayollar poyabzallarini xarid qilish boʻyicha hamkorlik tashabbusini bildirdi. Rossiya bozoriga yetkazib berishda distribyutorlik vakolatini olish maqsadida boʻlgan kompaniya bilan eksport-import masalalarida fikr almashildi.

Belarus Respublikasining “MEDBELROS” kompaniyasi Oʻzbekiston korxonalari bilan ortopedik poyabzallarni ishlab chiqarish boʻyicha yangi investitsiya loyihasini amalga oshirish yuzasidan muzokara oʻtkazdi.

Janubiy Qozogʻiston viloyatining tadbirkorlik va innovatsion-infratuzilma boshqarmasi Oʻzbekistondan tayyor jun va moʻyna mahsulotlarini xarid qilishni rejalashtiryapti. Shuningdek, bugungi kunda Janubiy Qozogʻiston viloyatida jun xom ashyosi bazasi kengligi bois mazkur viloyatda Oʻzbekiston bilan hamkorlikda yangi qoʻshma korxonani ochish boʻyicha kelishuvga erishildi.

Qozogʻistonyengilsanoatuyushmasiesayurtimiztadbirkorlaridantayyorpoyabzalmahsulotlarinisotibolishnirejalashtiryapti. Buboradaqatoroʻzbekkorxonalaribilanmuzokaralarboʻliboʻtdi.

Uch kun davom etgan koʻrgazma doirasida 2023-2025-yillar davomida Oʻzbekistondan tayyor poyabzal, charm mahsulotlarini hamkorlarga yetkazib berish boʻyicha umumiy qiymati 7 million dollar boʻlgan savdo shartnomalari imzolandi. Bundan tashqari Rossiya kompaniyalari bilan 16,5 million dollarlik investitsiya bitimlari imzolandi. Umumiy summaning 13,5 million dollari Rossiya kapitalidir. Misol uchun, Rossiyaning “Texnolyuks” kompaniyasi bilan Toshkent viloyatida yiliga 120 ming juft bolalar poyabzallarini ishlab chiqarish quvvatiga ega yangi korxona ishga tushiriladi. Shuningdek, Andijon viloyatida Rossiyaning “Mosez IN” kompaniyasi bilan yiliga 50 ming juft poyabzal ustki qismlarini ishlab chiqaruvchi qoʻshma loyihani amalga oshirish belgilangan. Deb xabar beradi “Oʻzcharmsanoat” uyushmasi matbuot xizmati.

Joriy yilgi xalqaro sanoat koʻrgazmasi ham manfaatli hamkorlik aloqalarini yoʻlga qoʻyish va eksport shartnomalarini imzolash uchun qulay biznes platforma boʻlib xizmat qildi.