ChatGPTilk bor dunyodagi eng koʻp yuklab olingan ilovaga aylandi

    Raqamlashtirish 14 Aprel 2025 744

    Mart oyida OpenAI dasturi 46 million marta yuklangan, bu fevral oyiga nisbatan 28 foizga koʻp.

    Umumjahon reytingida Instagram ikkinchi oʻringa pastladi, uchinchi pogʻonani TikTok ijtimoiy tarmogʻi egalladi.

    Yuklab olish boʻyicha eng yaxshi 10 ta ilovaga WhatsApp, Telegram va Threads ham kirdi.

    Eslatib oʻtamiz, avvalroq AQSHning OpenAI sunʼiy intellekt kompaniyasi Oʻzbekistonda QQS toʻlovchisi sifatida roʻyxatdan oʻtgandi.