“King Kornet L” laqabli tulpori bilan ishtirok etayotgan Qurbonov dastlabki saralash kunida omadini sinab koʻrdi. Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasining maʼlum qilishicha, bellashuvlar 160 santimetr balandlikdagi toʻsiqlardan oʻtish boʻyicha oʻtkazilmoqda.
Yana bir ahamiyatli jihati, ushbu bosqichda Bekzod Qurbonov 36 ishtirokchi orasida nafaqat Markaziy Osiyo, balki Xalqaro ot sporti federatsiyasi tarkibidagi Yevrosiyo ligasidan qatnashayotgan yagona vakil hisoblanadi. Reglamentga koʻra, ertaga yana bir saralash bahslari oʻtkazilsa, 10-aprel kuni chavandozlar medallar uchun bahs olib boradi.