Xususan, delegatsiya vakillari joriy yil 30-avgust kuni Checheniston Respublikasining Grozniy shahriga etib bordilar. Delegatsiya a'zolari Checheniston Davlat Universitetida tahsil olayotgan talabalar bilan uchrashishdi.

Uchrashuv davomida delegatsiyaning universitetda O'zbekiston madaniyat kunlarini o'tkazish, turli tadbirlarni birgalikda tashkillashtirish bo'yicha takliflari ma'qullandi. Demak, Checheniston Davlat universitetida o'zbek madaniyatini ulug'lovchi, u yerdagi vatandoshlarimizda g'urur hissini uyg'otuvchi go'zal tadbirlar bo'lib o'tadi. Bu esa vatandoshlarimiz barobarida bizni ham birdek quvontiradi.