Chechenistondagi Rossiya maxsus kuchlari universiteti hududiga uchuvchisiz uchish apparati hujum qildi

    Chechenistondagi (Rossiya Federatsiyasi) Rossiya maxsus kuchlari universiteti hududidagi binoga uchuvchisiz uchish apparati hujum qildi, deb xabar berdi respublika rahbari Ramzan Qodirov o'zining Telegram-kanalida.

    “Bugun soat 6:30 da Gudermesda uchuvchisiz uchish apparatining havo hujumi oqibatida Rossiya maxsus kuchlari universiteti hududidagi bo'sh binoning tomi yonib ketdi”, deyiladi xabarda.

    Yong'in allaqachon o'chirilgan va tergov boshlangan.

    Ramzan Qodirovning aniqlik kiritishicha, universitet ishi to'xtatilmagan.

    Rossiya maxsus kuchlari universiteti Gudermesda joylashgan bo'lib, u 95 ta bino va inshootlardan iborat zamonaviy ko'p funksiyali majmuadir. Bu yerda o't o'chirish, maxsus taktik, havo-desant va tog' o'quv mashg'ulotlari o'tkazilib, tansoqchilar, harbiy jurnalistlar ham tayyorlanmoqda, deb xabar beradi ria.ru.