DXX chegara qoʻshinlari, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi, Sanitariya va epidemiologiya hamda veterenariya xizmati masʼul xodimlari ishtirok etgan tadbirda loyiha doirasida amalga oshirilgan ishlar haqida maʼlumot berildi.
Xorijga ishlash uchun ketayotgan fuqarolar chegara oʻtkazish punktlari orqali chiqib ketishini inobatga olib, mazkur hududda migrantlar uchun birlamchi tibbiy vositalar, yuqumli kasalliklardan himoyalanish yuzasidan oʻquv qoʻllanmalar hamda chegara nazorat punktlari xodimlari uchun oʻquv treninglar tashkil etilgani alohida taʼkidlandi.