Qaror loyihasida mamlakat hududida chegara zonasi oʻrnatilgan tumanlar, shaharlar, posyolkalar, qishloqlar va ovullarning vaqtinchalik roʻyxati keltirilgan.

Unga koʻra, roʻyxatga Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanidagi Qorabuloq, Polvonak, Mullolo, Kurduptur, Maydontol, Ispay, Qoʻshbuloq, Tepar, Takayongʻoq, Jaujurek, Urungach, Chakak, Pskem aholi punktlari;

Shuningdek, Fargʻona viloyati Soʻx tumanidagi Soʻx-Ushʼyar, Sarikayda, Dimersat, Yangiariq, Ravon, Shayxatalan, Malmut, Divayram, Limbur, Tul, Kalacha, Gaznou, Kizilkiyak, Chashma, Fargʻona tumanidagi Shohimardon, Iordan, Ak-kiya, Kurgancha, Oqsu, Koʻkkoʻl, Sholang, Dashloq, Dutoba aholi punktlari kiritilmoqda.

Hujjat loyihasi bilan toʻliq quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin.

Qaror loyihasi muhokamasi joriy oyning 17-sanasiga qadar davom etadi.