JSST bosh direktori Tedros Adxanom Gebreyesus kirish cheklovlari infeksiya tarqalishini vaqtincha sekinlashtirishi va Ebola virusi muammosini hal qilmasligini aytdi. Uning ta’kidlashicha, tashkilot Ebola tufayli chegaralarni yopishni tavsiya qilmaydi.

Gebreyesusning so‘zlariga ko‘ra, bunday choralar faqat qisqa muddatli ta’sirga ega bo‘lishi va bir necha kunga cho‘zilishi mumkin, ammo kasallik tarqalishini to‘xtatishda samarali emas.

JSST Ebola virusiga qarshi kurashning eng samarali usuli sanitariya choralarini tezkor ravishda amalga oshirish, tibbiy kuzatuvni kuchaytirish va epidemiya joylarida tezkor yordam ko‘rsatish deb hisoblaydi.

JSST rahbarining bayonoti bir qator Afrika mamlakatlari tomonidan chegara nazoratini kuchaytirish to‘g‘risidagi qarorlar qabul qilingan bir paytda yangradi. 27 may kuni Uganda rasmiylari Ebola tarqalish xavfini kamaytirish uchun Kongo Demokratik Respublikasi bilan chegaralarini vaqtincha yopganliklarini e’lon qilishdi. Ruanda ham o‘z chegarasini yopdi va Zambiya chegara o‘tish joylarida kuchaytirilgan tibbiy ko‘rikni joriy etdi, deb xabar berdi Kazinform.