Chekish hujayralarning qarishini tezlashtiradi – olimlar

    Gonkongdagi Xitoy universiteti olimlari chekish hujayraning qarishini tezlashtirishini aniqlashdi.

    Milanda bo'lib o'tgan Yevropa respirator jamiyatining xalqaro kongressida taqdim etilgan tadqiqot ishlariga ko'ra, bu telomerlarning qisqarishi tufayli yuzaga keladi.

    Tadqiqotda deyarli 500 ming kishining ma'lumotlari tahlil qilindi. Keyin tadqiqotchilar ota-onadan o'tib kelayotgan genlardagi o'zgarishlarni ko'rib chiqadigan Mendeleev randomizatsiyasi usulidan foydalanishdi.

    Olimlar chekish oq qon hujayralari telomerlarining uzunligini qisqartirishi mumkinligini aniqlashdi. Telomer uzunligi to'qimalarning o'z-o'zini tiklashi, yangilanishi va qarishi ko'rsatkichidir. Boshqacha qilib aytganda, chekish qarish jarayonini tezlashtiradi va mazkur yomon odatni tark etish bu xavfni sezilarli darajada kamaytiradi.

    Telomerlar xromosomalarning eskirishiga to'sqinlik qiladi. Har safar hujayra bo'linganida, telomerlar biroz qisqaradi, qarish yoki kasallik paytida shunchalik qisqa bo'ladiki, hujayra shundan keyin bo'linmay qoladi, deb xabar beradi lenta.ru.