Xorazmning eng chekka tumani hisoblanmish Gurlanda ana shunday yirik sport majmuasi qurilmoqda. 1,5 gektar maydonni egallaydigan yopiq majmua ishga tushgach, futbol, voleybol, basketbol, ogʻir atletika, badiiy gimnastika, badminton, tennis kabi sportning 14 ta turi bilan bir vaqtning oʻzida 600 nafar yoshlar shugʻullanishi mumkin.

Qiymati 24 milliard soʻmni tashkil qiladigan majmuani “Loyiha qurilish lyuks” xususiy korxonasi quruvchilari bunyod qilishyapti.

Eʼtiborlisi, ushbu majmua kattaligi jihatdan viloyatda ikkinchi inshootdir. Hozirgi kunda ana shunday yirik sport majmuasi viloyat markazida faoliyat koʻrsatmoqda.

Yangi sport majmuasi sportning bir qator turlari boʻyicha viloyat, respublika va xalqaro turnirlarni oʻtkazishga ham moʻljallangan.

Roʻzimboy HASAN,

“Yangi Oʻzbekiston” muxbiri