Marafonda 100 ga yaqin nogironlgi boʻlgan shaxslar ishtirok etadi. Ularning roʻyxati Oʻzbekiston nogironlar, koʻzi ojizlar va karlar jamiyatlari tomonidan taqdim etilgan nomzodlar hisobiga shakllantirilgan.
Mazkur turdagi yani Oʻzbekistonda nogironligi boʻlgan shaxslar uchun alohida nominiatsiyalarga ega boʻlgan marafon ilk marotaba oʻtkazildi.
Marafonda koʻrishda va eshitishda nuqsoni bor hamda boshqa turdagi jismonan imkoniyati cheklangan shaxslar uchun jami uch turdagi nominatsiya boʻyicha ishtirokchilar 1-3 oʻrin hamda marafonning eng yosh, eng yoshi ulugʻ ishtirokchilar nominatsiyalarida taqdirlandi.
Ushbu marafon SHOS xalqaro yarim marafoni va Toshkent “Navroʻz” marafoni bilan oʻtkazildi. Marafon ishtirokchilari oʻrtacha 50—150 gacha badal toʻlab ishtirok etayotgan boʻlsa imkoniyati cheklanganlar uchun bepul qilib berildi.
Bundan tashqari, tadbir ishtirokchilarining barchasiga alohida tadbir uchun maxsus tayyorlangan esdalik medallar topshiriladi.
Shuningdek, tadbir davomida “Biz birgamiz!” ijtimoiy loyihasining ilk xayriya tadbirlaridan biri nogironligi boʻlgan shaxslar tomonidan tayyorlangan maxsulotlarning savdo yarmarkasi tashkil etilgan boʻlib, bunda nogironligi boʻlgan shaxslar tomonidan oʻz uylarida tayyorlangan hunarmandlik maxsulotlarining savdosi amalga oshirdi.
Taʼkidlash kerakki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan nodavlat notijorat tashkilotlarining faoliyatini rivojlantirish sohasida davlat siyosatini yuritish, ularning davlat organlari va tashkilotlari bilan oʻzaro hamkorligini tashkil qilishga koʻmaklashish vazirlikning asosiy vazifalaridan hisoblanadi.
Shunga koʻra, vazirlik Oʻzbekiston nogironlar jamiyati bilan hamkorlikda nogironligi boʻlgan shaxslarni birlashtirish hamda nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini yanada qoʻllab-quvvatlash boʻyicha 2018-yildan boshlab “Biz birgamiz!” ijtimoiy loyihasini amalga oshirib kelmoqda.
Loyiha doirasida vazirlik tomonidan bugungi kunga qadar quyidagi yirik ijtimoiy tadbirlar oʻkazib kelinmoqda:
- “Nogironligi boʻlgan shaxslar tomonidan tayyorlangan maxsulotlar respublika savdo yarmarkasi”;
- “Maftunkor ranglar dunyosi”;
- Nogironligi boʻlgan shaxslar oʻrtasida shaxmat sport turi boʻyicha respublika musobaqasi.
Adliya vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi