Ushbu marosimda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston terma jamoasiga yoʻllagan tabriklarini Bosh vazir Abdulla Aripov oʻqib eshittirdi.
Shuningdek, tantanali marosim doirasida Prezidentimizning Farmonlariga binoan oʻsmirlar terma jamoasi futbolchilari va bosh murabbiyiga Davlat mukofotlari hamda mamlakatimizda ishlab chiqarilgan avtomobillar topshirildi.