Musobaqa yakuniga koʻra, yosh yigit-qizlarimiz 5ta oltin, 3ta kumush va 7ta bronza, jami 15ta medalga sazovor boʻlishdi. Ushbu natija orqali Oʻzbekiston terma jamoasi “Adriatic Pearl” xalqaro turnirida norasmiy umumjamoa hisobida 1-oʻrinni qoʻlga kiritdi.

Quyidagi yosh bokschilarimiz yurtimizga medal bilan qaytishmoqda:

Oltin:

-49 kg: Ibrohim Ishjanov

-91 kg: Amirshoh Samadov

+91 kg: Jahongir Zokirov

Kumush:

-52 kg: Shahzod Muzaffarov

-56 kg: Dilshod Abdumurodov

Bronza:

-60 kg: Aydos Tagaybayev

-69 kg: Sirojiddin Xojakmetov

-81 kg: Shohjahon Abdullayev

Qizlar:

Oltin:

-48 kg: Farzona Fozilova

-57 kg: Nigina Oʻktamova

Kumush:

-51 kg: Sabina Bobokulova

Bronza:

-51 kg: Feruza Kazakova

-64 kg: Gulshoda Istamova.

-69 kg: Sevinchxon Mirxonjonova

-75 kg: Sohiba Roʻzmetova

 

Biz ushbu muvaffaqiyat bilan yosh bokschilarimiz hamda Oʻzbekiston boks federatsiyasini muborakbod etamiz. Soʻnggi kunlarda erishilgan yorqin gʻalabalar oʻzbek boksining ertasi ishonchli qoʻllarda ekanligini yana bir bora koʻrsatdi.