Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Yuqorichirchiq tuman boʻlimi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro J.O. fuqaro A.ning ishonchiga kirib, goʻyoki Amerika Qoʻshma Shtatlari elchixonasida ishlovchi tanishlari orqali 30 000 AQSH dollari evaziga unga chet davlatga chiqish huquqini beruvchi “VISA” hujjatlarini tayyorlab berishini aytib, oldindan 10 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.