Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chirchiq shahar bo'limi tomonidan o'tkazilgan tezkor tadbirda, Chirchiq shahar dehqon bozori atrofida valyuta qimmatliklari savdosi bilan shug'ullanib kelgan X.M. 3 500 AQSh dollarini 38,8 mln so'mga sotgan vaqtida ushlanib, uning yonidan jami 8 735 AQSh dollari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Shu kabi, Departamentning Surxondaryo viloyat boshqarmasi tomonidan DXX hamda IIB xodimlari bilan hamkorlikda Jarqo'rg'on tumanida o'tkazilgan tezkor tadbirda, valyuta qimmatliklari savdosi bilan shug'ullanib kelgan D.X. jami 3 000 AQSH dollarini 33,4 mln so'mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Departament hamda DXXning Toyloq tumani bo'limlari tomonidan o'tkazilgan tezkor tadbirda esa, valyuta qimmatliklari savdosi bilan shug'ullanib kelgan D.M. jami 3 000 AQSh dollarini 33 mln so'mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o'tkazish) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, tergov harakatlari o'tkazilmoqda.