Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent viloyati boshqarmasi va IIV Transportda XTBBlari tomonidan valyuta qimmatliklarining noqonuniy muomalaga kiritilishining oldini olish yuzasidan Shayxontohur tumani, Jarariq ko'chasida o'tkazilgan tezkor tadbirda, fuqarolar A.I. va N.N.lar oldindan o'zaro til biriktirib, 3 600 AQSH dollarini fuqaro Sh.ga 40 mln so'mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Departamentning Yangiqo'rg'on tuman bo'limi tomonidan o'tkazilgan tezkor tadbirda esa fuqaro X.Z. 3 400 AQSH dollarini fuqaro A.ga 37,5 million so'mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Yoki, Yakkabog' tumanida DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda o'tkazilgan yana bir tezkor tadbirda esa, fuqaro A.R. 3 000 AQSH dollarini  33,3 million so'mga fuqaro O.ga sotgan vaqtida ushlanib, jami 3 100 AQSH dollari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Xuddi shunday, Mirishkor tumanida o'tkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar K.D. va T.M.lar o'zaro til biriktirib, fuqaro M.ga 3 300 AQSH dollarini 36,9 million so'mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Shuningdek, yuqoridagi fuqarolarning harakatlari bo'yicha olib borilgan tezkor kuzatuvlarda ular doimiy ravishda valyuta qimmatliklarini qonunga zid ravishda ayirboshlash faoliyati bilan shug'ullanib kelganliklari ma'lum bo'lgan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o'tkazish) bilan jinoyat ishlari qo'zg'atilib, tergov harakatlari o'tkazilmoqda.