Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chinoz tuman boʻlimi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro D.X. fuqaro M.A.ning ishonchiga kirib, uni 16 000 AQSH dollari evaziga tanishlari yordamida Amerika Qoʻshma Shtatlariga ishlash uchun yuborishini aytib, oldindan 3 000 AQSH dollarini firibgarlik yoʻli bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Departamentning Yunusobod tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda muqaddam sudlangan F.M. fuqaro J.K.ning ishonchiga kirib, uni goʻyoki yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari yordamida 10 000 AQSH dollari evaziga Amerika Qoʻshma Shtatlariga ishga yuborishini vaʼda qilib, oldindan 3 200 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.