Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Samara shahridagi vakolatxonasiga fuqaro R.N.dan murojaat kelib tushdi.
Murojaatda R.N. Saratovdagi "СПК-Озёрное" tashkilotida ishlagani hamda ish beruvchi uning hujjatlarini olib qoʻyib, bermayotganini bildirgan.
Fuqaroning pasportini qaytarish maqsadida Vakolatxona xodimlari ish beruvchi bilan suhbatlashib, xorij fuqarosi hujjatlarining noqonuniy olib qoʻyilishi qonunchilikka zid ekanligi tushuntirildi va hujjatlari olib berildi.
Shuningdek, fuqaro X.X. joriy yil fevral oyidan buyon Nijegorod viloyatidagi "Новая-Кузничиха" turar-joy kompleksida ogʻzaki kelishuv asosida ishlagan. Ish jarayonida baxtsiz hodisa tufayli koʻp qavatli binodan yiqilib tushishi natijasida tan jarohati olib, kasalxonaga joylashtirilgan.
Agentlik tomonidan fuqaroga koʻrsatilgan tibbiy xizmat xarajatlari qoplab berildi hamda Moskva-Toshkent yoʻnalishidagi aviareys orqali Vatanga qaytarildi. Bu haqida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabar bermoqda.