Chet tili imtihonlariga talabgorlarni onlayn roʻyxatga olish boshlandi

    Shu yilning 27–29-sentyabr kunlari ingliz va arab tillaridan malaka imtihonlari oʻtkaziladi.

    Bu haqda Bilim va malakalarni baholash agentligi xabar berdi.

    Imtihonlarda ishtirok etish istagida boʻlgan talabgorlar 15-avgustdan 14-sentyabrgacha my.gov.uz sayti orqali roʻyxatdan oʻtishlari mumkin.

    Shuningdek, malaka imtihonida ishtirok etish uchun talabgorlardan bazaviy hisoblash miqdorining 1.5 baravarida toʻlov undiriladi.

    15-sentyabr toʻlov qilishning soʻnggi muddati sanaladi.