Unda har bir vazirlik, idora, davlat kompaniyalari va yirik xususiy korxonalarda chet tillarini oʻrganishni ommalashtirishimiz zarurligi taʼkidlandi.
Endi tashkilotlarda haftaning bir kuni “Xorijiy tillarni oʻzlashtirish va oʻrganish kuni” etib belgilanadi.
Kelgusi yildan boshlab davlat idoralariga ishga qabul qilish va yangi lavozimga tayinlashda xorijiy tilni bilishning majburiy talabi kiritiladi.
– Bu qattiq talab, lekin shunga intilmasak natija boʻlmaydi. Endi hokim boʻlish uchun ham xorijiy tillarni bilish zarur. Umuman, tashkilot rahbarimi, klaster rahbarimi hamma chet tilini bilishi kerak, – dedi Prezident.
Shuningdek, yigʻilishda chet tilini chuqur egallagan xodimlarning ish haqiga 20 foizgacha qoʻshimcha ustama belgilash tartibi joriy etilishi haqida aytildi.