Chevrolet brendi Qozogʻiston bozorida yetakchi maqomlarni ishgʻol qilishda davom etmoqda. Oʻtgan oyda Chevrolet oktyabrda eng koʻp sotilgan brendlar ichida birinchi oʻrinni egallagandi, shuningdek UzAuto Motorsning ikki modeli – Nexia va Cobalt oyning eng koʻp sotilgan modellari reytingida ikkita eng yuqori oʻrinni egalladi.
Qozogʻiston bozorida taqdim etilgan avtomobillarning keng tanlovi Chevroletga eng muvaffaqiyatli brendlar reytingida birinchi oʻrinni egallash va Hyundai, Lada, Toyota va KIA kabilardan dadil oʻzib ketishga toʻsqinlik qila olmadi.
Chevrolet brendining bozordagi ulushi tobora ortib borayotgan Qozogʻistondagi sotuvlar dinamikasidan kelib chiqib, UzAuto Motors oʻzbek avtomobillariga qozogʻistonlik xaridorlarning ishonchi qatʼiy ortib borayotganligini qayd etishdan mamnun. Agar joriy yil yanvar oyida mahalliy avtoishlab chiqaruvchining bozordagi ulushi 12,5%ni tashkil qilgan boʻlsa, oktyabrda bu koʻrsatkich 28,1%ga yetdi.
Oʻtgan oyda Qozogʻistonda jami 8 637 dona yengil avtomobil sotilgan boʻlib, ularning 2 430 tasi UzAuto Motorsda ishlab chiqarilgan.