Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qibray tuman boʼlimi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda “UzАvto Motors” АJning murojaatiga asosan oʼtkazilgan tezkor tadbirda, “S.c.” MChJ rahbari M.Yu. va ish yurituvchi S.B. “OLX” internet saytida “UzАvto Motors” АJ tomonidan hali kontraktatsiyasi boshlanmagan “Chevrolet Onix” rusumli avtomobilini 160,4 million soʼmdan sotilayotgani haqida eʼlon berib, xaridor Sh.ga ushbu avtomobilni 2023 yilning 31 yanvarь kuniga qadar yetkazib berish evaziga 160,5 million soʼmni firibgarlik yoʼli bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilib, tergov harakatlari oʼtkazilmoqda.