Chevrolet avtomobillarini ishlab chiqaruvchisi tomonidan olib borilgan texnik ishlar natijasida Chevrolet Tracker va Onix modellari uchun ruxsat etilgan yoqilgʻi darajasi pasaytirildi.

Yuqorida keltirilgan avtomobillar texnik holatini toʻgʻri saqlash uchun oktan soni koʻrsatkichi kamida AI-95 boʻlgan qoʻrgʻoshinsiz yoqilgʻidan foydalanish tavsiya etilgan edi.

Shuningdek, ishlab chiqaruvchi AI-91 va undan yuqori oktanli yoqilgʻidan foydalanishni tavsiya etadi.

Bu oʻzgarishlar Chevrolet Tracker va Onix avtomobillari dvigatellarining ish faoliyatini optimallashtirishga hamda uning yanada samarali ishlashini taʼminlashga qaratilgan.