Xabarga koʻra, Chexiyada avtomagistralning bir qismida yaqin kunlarda transport vositalariga 150 km/soat tezlikda harakatlanishga ruxsat beriladi. Yangi yoʻl belgilari Tabor va Cheske-Budeyovitse shaharlari orasidagi 50 kilometrlik yoʻl qatnovida oʻrnatiladi. Rasmiy maʼlumotlarga koʻra, sentyabr oyi oxirida ushbu yoʻl qismida sinov tariqasida ekspluatatsiya boshlanadi.
“150 km/soat” cheklovli elektron belgilar faqat qulay ob-havo sharoitida va yoʻllar boʻsh boʻlganda faollashtiriladi. Yomgʻir, qor yoki boshqa noqulay ob-havo sharoitlarida tizim avtomatik ravishda ruxsat etilgan tezlikni 20 km/soatga pasaytiradi.
Hozirda Chexiya avtomagistralarida umumiy tezlik cheklovi 130 km/soat hisoblanadi.
Avstriyada ham shunga oʻxshash tajriba oʻtkazilgan edi: 2018–2020-yillarda Vena va Zalsburg shaharlari orasidagi A1 avtomagistralida tezlik cheklovi 140 km/soat qilib sinovdan oʻtkazilgan. Biroq bu urinish oʻshandagi iqlim ishlari vaziri Leonora Gevessler tomonidan toʻxtatilgan, sababi – SO₂ chiqindilarining ortishi edi.