CNNning yozishicha, uning ichidan 10 ta tilla bilaguzuk, 17 ta porsigar, upadon, taroq va 598 ta tanga chiqqan.
Turistlar topilmani Chexiya Sharqiy muzeyiga topshirgan. Arxeologlar xazinani oʻrganib, u topilgan hududni tadqiq etishga qaror qilgan.
Olimlar hozircha ushbu buyumlarni kim va nima uchun yashirganini aniqlagani yoʻq. Ammo taʼkidlanishicha, xazinaning yoshi 100 dan oshmaydi, chunki tangalardan biriga 1921-yil sanasi tushirilgan. Arxeologlarning taxminicha, tilla buyumlar Ikkinchi jahon urushi boshlanishidan oldin togʻli hududda qoldirib ketilgan boʻlishi mumkin.
Topilgan buyumlar qiymati hozircha nomaʼlum. Qutidagi tangalarning ogʻirligini oʻzi 3,7 kilogrammni tashkil etadi, ularning qiymati esa 360 ming dollarga baholanmoqda. Shu bilan birga, ular orasida mahalliy pullar yoʻq, hammasi bolqon va fransuzlarniki. Ikkita porsigar qattiq yopilgan, shu bois uning ichida yana nimadir boʻlishi mumkinligi aytilmoqda.
Muzeydagilar ushbu xazina juda noodatiy ekaniga eʼtibor qaratgan. Olimlar barcha metall buyumlar tarkibini aniqlashi va ularning qiymatini baholashi uchun qoʻshimcha tadqiqotlar oʻtkazishi zarur.